Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

Hurmatli foydalanuvchilar, Sizlarni Davlat statistika qo`mitasi tomonidan joriy yilning 1 sentyabridan 30 noyabrigacha “Taqdim qilinayotgan statistik ma`lumotlarning sifatidan foydalanuvchilarning qoniqish darajasini baholash” bo`yicha o`tkazilayotgan so`rovnomada, savolnomani to`ldirish asosida ishtirok etishga taklif qilamiz.(So`rovnomaga o`tish>>>)

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 11 781 tani tashkil etmoqda. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 399 taga ko‘p.

Hududlar kesimida xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni:

Toshkent shahri – 6918 ta;

Toshkent viloyati – 1318 ta;

Samarqand viloyati – 580 ta;

Farg‘ona viloyati – 455 ta;

Surxondaryo viloyati – 425 ta;

Andijon viloyati – 339 ta;

Buxoro viloyati – 298 ta;

Namangan viloyati – 260 ta;

Navoiy viloyati – 238 ta;

Qashqadaryo viloyati – 220 ta;

Jizzax viloyati – 202 ta;

Sirdaryo viloyati – 189 ta;

Xorazm viloyati – 175 ta;

Qoraqalpog‘iston R. – 164 ta.

 

 

Axborot xizmati

Мобильное меню

Tugmani bosing Tinglash