Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

Hurmatli foydalanuvchilar, Sizlarni Davlat statistika qo`mitasi tomonidan joriy yilning 1 sentyabridan 30 noyabrigacha “Taqdim qilinayotgan statistik ma`lumotlarning sifatidan foydalanuvchilarning qoniqish darajasini baholash” bo`yicha o`tkazilayotgan so`rovnomada, savolnomani to`ldirish asosida ishtirok etishga taklif qilamiz.(So`rovnomaga o`tish>>>)

 2020- yil 9 oyida hududlar bo‘yicha eng ko‘p Surxondaryo viloyatida 3536 ta yangi oilaviy korxona tashkil etilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020- yilning 1-oktabr holatiga respublika bo‘yicha yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalarning soni 14156 tani tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4860 taga ko‘paygan.  O‘sish sur'ati 52,3 foizga oshgan.

Eng ko‘p yangi tashkil etgan oilaviy korxonalar bo‘yicha hududlar:

Surxondaryo viloyati – 3536 ta

Samarqand viloyati – 2044 ta

Andijon viloyati – 1293 ta

Xorazm viloyati – 1113 ta

Farg‘ona viloyati – 986 ta

Yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalarning sohalar bo‘yicha soni:

Sanoat – 4648 ta

Savdo – 4213 ta

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 3009 ta

Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 1365 ta

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar – 96 ta

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash