Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar, tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari va notijorat tashkilotlar diqqatiga!!! 1-K shakli (oylik) tashkilot faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni hisobot davridan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmay taqdim etishni unutmang!!!

Shu yilning 23- iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasi Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi tomonidan “Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi istiqbollari” mavzusida navbatdagi vebinar tashkil etildi.

Ushbu onlayn o‘quv seminarini tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – joriy yil 1- iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari boʻyicha o‘tkazilgan yigʻilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlashga qaratilgan.

Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati va hududiy statistika boshqarmalari vakillari ishtirok etdi. Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori Bahodir G‘oyibnazarov hamda qo‘mitaning Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Qirg'izov mavzu yuzasidan atroflicha ma'lumot berdi.

 

Xususan, ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasiga oid atamalar, ta'lim, sog‘liqni saqlash, turizm, madaniyat sohasiga oid statistik ko‘rsatkichlarni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish usullari haqida ma'lumot berdi.

Shuningdek, Multiindikator klaster kuzatuvlari hamda milliy barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha qilinayotgan ishlar borasida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Onlayn seminarda hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga mavzu yuzasidan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar berildi.

Bunday amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan onlayn o‘quv seminarlarini o‘tkazish davom ettiriladi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash