Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

Davlat statistika qo‘mitasi tasdiqlagan ro‘yxat bo‘yicha yuridik shaxslar va ularning alohida bo’linmalari diqqatiga!!! Xodimlarning lavozimlari va kasblari bo'yicha ish haqi to'g'risida 2020 yil aprel oyi hisoboti 1-IH shakli (yilda bir marta) davlat statistika hisobotini 2020- yilning 29-maydan kechiktirmay taqdim etishni unutmang!!!

Davlat statistika qomitasida shu yil 10–30-oktabr kunlari Xitoyning Pekin shahrida Xalqaro biznes rasmiylari akademiyasi (AIBO) tomonidan “Rivojlanayotgan davlatlar uchun 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish dasturini amalga oshirish va qashshoqlikni kamaytirish” mavzusida tashkil etilgan seminar yakunlariga bag'ishlangan taqdimot bo'lib o'tdi.

Seminarda Davlat statistika qo'mitasining Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Aholining turmush darajasi indikatorlarini shakllantirish va tahlil etish bo‘limi boshlig‘i U.Madaminov hamda Statistik instrumentariyni rivojlantirish va sifatni boshqarish bo`limi bosh mutaxassisi K.Abdugafarov xizmat savari davomida orttirgan tajribalari bilan o'rtoqlashdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar Xitoyning aholi qashshoqligini aniqlash bo'yicha tajribasi,  qishloq joylarda ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun innovatsion texnologiyalarni joriy etish kabi ish usullari bilan tanishdi.

Seminar yakunada mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Xitoy tajribasi asosida aholi qashshoqligini aniqlash bo'yicha ilg‘or metodlarni qollash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash