2021- yil 22- fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma'lumotlar sohasini yanada rivojlantirish istiqbollari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish chora tadbirlari yuzasidan onlayn muloqot tashkil etildi
Davlatimiz rahbari boshchiligida 2020- yilning 1- iyun kuni milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.
Joriy yilning 10- fevral kuni Davlat statistika qo‘mitasida 2020- yil IV chorak yakunlari bo’yicha qo’mitaning kengaytirilgan Hay`at yig`ilishi o’tkazildi. Unda Davlat statistika qo’mitasi rahbariyati, qo’mitaning tarmoq va hududiy statistika boshqarmalari boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali hududiy statistika boshqarmalari xodimlari qatnashdi.