Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

Hurmatli foydalanuvchilar, Sizlarni Davlat statistika qo`mitasi tomonidan joriy yilning 1 sentyabridan 30 noyabrigacha “Taqdim qilinayotgan statistik ma`lumotlarning sifatidan foydalanuvchilarning qoniqish darajasini baholash” bo`yicha o`tkazilayotgan so`rovnomada, savolnomani to`ldirish asosida ishtirok etishga taklif qilamiz.(So`rovnomaga o`tish>>>)

2020-yil 14-oktabr kuni Davlat statistika qo'mitasi tomonidan o'tkazilgan vebinarda Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari va bir qator mas'ul xodimlar ishtirok etishdi.

Yig‘ilish kun tartibida hududlarda o‘tkazilgan o‘rganish ishlari ko‘rildi. Unga muvofiq, aholi to‘g‘risidagi statistik ma'lumotlar bilan mahalla organlari tomonidan aholi punktlarida yashovchilar soni bo‘yicha berilgan ma'lumotlar tahlili, kartografik materiallarni texnik shartlarga asosan tayyorlanganligini o‘rganish holati, xonadon va uylarni to‘liq raqamlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Videoaloqa so‘ggida xodimlarga yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish usullari, mamlaktimizda ilk bora o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan maslahatlar berildi.

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash