Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar, tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari va notijorat tashkilotlar diqqatiga!!! 1-K shakli (oylik) tashkilot faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni hisobot davridan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmay taqdim etishni unutmang!!!

 Mamlakatimizda jismoniy sog'lom, ma'naviy yetuk, har tomonlama uyg'un va barkamol rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, chuqur bilim va zamonaviy qarashga ega, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir bo'lgan yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish vazifasi doimo ustuvor bo'lgan. Bunda ayollar salomatligi, reproduktiv salomatlikka katta e'tibor qaratiladi, zero sog'lom onadan sog'lom farzand dunyoga keladi. Ilk bora reproduktiv salomatlik iborasi 1994- yil Qohirada bo'lib o'tgan aholi rivojlanish masalalariga bag'ishlangan konferentsiyada tilga olingan va inson xuquqlarini himoya qilish, turmush farovonligini oshirish, aholining asosiy ijtimoiy xizmatlardan foydalanishni yaxshilash, qashshoqlik bilan kurashishda xarakatlarni birlashtirish, kasalliklar tarqalishini kamaytirish va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari o'z aksini topgan deya izoh berilgan.

Xalqaro miqyosda o'rganiladigan, tahlil etiladigan bunday jarayonlar uy-xo'jaliklarini tasodifiy tanlanma kuzatuvining halqaro Multiindikator klaster kuzatuvi (MICS) dasturi mavjud bo'lib, u Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalar jamg'armasi (UNICEF) tomonidan ishlab chiqilgan.

MICS asosan, bolalar va ayollar holatini baholash maqsadida ma'lumotlar yig'adi. 20 yil ichida 28 ta ko'rsatkichdan 200 ta ko'rsatkichgacha takomillashgan. Multiindikator klaster kuzatuvining  5 ta bosqichi amalga oshirilgan bo'lib, har bir bosqichda ko'rsatkichlar soni ortib borgan. 

✓ 1-bosqich 1995- yilda Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH) davlatlaridan Qirg'iziston va Turkmanistonda o'tkazilgan bo'lib, bunda bolalarni immunizatsiyalash (emlash) bo'yicha ma'lumotlar yig'ishdan boshlangan. 

✓ 2-bosqich 2000- yilda MDHning Ozarbayjon, Moldava, Tojikiston, Ukraina va O'zbekiston davlatlarida o'tkazilib, bu bosqichda qo'shimcha tarzda bolalar ta'limi bo'yicha  ma'lumot olish ham kiritilgan. 

✓ 3-bosqich esa, 2005- yilda MDHning Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, O'zbekiston, Belarusiya va Qozog'iston davlatlarida o'tkazilgan. Bu bosqichda bolalar intizomi bo'yicha yangi ko'rsatkichlar shakllangan. 

✓ 4-bosqich 2010- yilda boshlangan bo'lib, bu bosqichda MDHning Belarusiya, Qozog'iston, Moldava va Ukraina davlatlarida kuzatuv amalga oshirilgan. 

✓ 5-bosqich 2015- yilda o'tkazilib, bunda bolalarning har tomonlama qanday holatda rivojlanayotganligi bo'yicha ma'lumotlar to'plangan.      

MICS kuzatuvi 1990- yilda 28 ta davlatda o'tkazilgan bo'lsa, 1995-2015- yilga qadar butun dunyo mamlakatlari o'rtasida 108 ta davlatda 277 marotaba MICS kuzatuvlari amalga oshirilib, ona va bola

salomatligi, ayollarning reproduktiv salomatligi, bolalar huquqlari va

ularning ta'lim olish darajasi, bolalarning sog'lom va jismoniy rivojlanishlari o'rganilib, ular to'g'risidagi statistik ma'lumotlar jamlangan.

 Bugungi kungacha, dunyo miqyosi bo'yicha Multiindikator klaster kuzatuvining 

6-bosqichi boshlagan bo'lib, shu kunga qadar 119 ta davlatda MICS kuzatuvi amalga oshirilgan.

 

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash