Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar, tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari va notijorat tashkilotlar diqqatiga!!! 1-K shakli (oylik) tashkilot faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni hisobot davridan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmay taqdim etishni unutmang!!!

Yalpi hududiy mahsulot

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 2020-yilning yanvar–iyunida Sirdaryo viloyati bo’yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi orinlarda – YaHM) hajmi joriy narxlarda 4825,8 mlrd. so'mni tashkil etdi va 2019- yilning yanvar-iyuni bilan taqqoslaganda 3,1 % ga kamaydi. YaHM deflyator indeksi 2019- yil yanvar-iyunidagi narxlarga nisbatan 8,3 % ni tashkil qildi.

O’zbekiston Respublikasi bo’yicha YaIMning shakllanishida Sirdaryo viloyatining qo’shgan hissasi 1,9 % ga yetdi.

Aholi jon boshiga hisoblangan YaHM 5679,5 mlrd. so’mni tashkil etdi va bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 0,5 % ga kamaydi.

Hudud iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo’shilgan qiymat (YaQQ) hajmi umumiy YaHMning 97,0 % ini, mahsulotlarga sof soliqlar esa 3,0 % ini tashkil etdi.

Qishloq, o'rmon va baliq xo’jaligining YaHMning tarmoqlar bo'yicha tarkibidagi ulushi 0,1 punktga kamaydi va hisobot yilida 36,7 % ni tashkil etdi. Sanoat tarmog’ining ulushi 25,3 % dan iborat bo'lib, 0,3 punktga kamaygani holda, qurilish sohasida ham 0,2 punktga tushdi va 9,5 % ni tashkil qildi. Xizmatlar sohasining YaHM tarkibidagi ulushi 28,5 % ni tashkil qildi va o’tgan yilning mos davri bilan taqqoslanganda 0,4 punktga o’sdi.

YaHM hajmining o'zgarishiga hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlari hajmlarining kamayishi bilan bog'liqdir. Hajm o'zgarishlari qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligida – 98,7 % (YaHMning tarmoqlar bo’yicha tarkibidagi ulushi – 36,7 %), sanoatda – 95,3 % (25,3 %), qurilishda – 93,4 % (9,5 %), xizmatlar sohasida – 98,1 % ni (28,5 %) tashkil etdi. Xizmatlar sohasi tarkibida hajm o'zgarishlari savdo, yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlarda 87,3 % (5,4 %), tashish va saqlash, axborot va aloqa 100,8 %  (4,1 %), boshqa xizmat tarmoqlarida 101,2 % (19,0 %) dan iborat bo'ldi.

2020- yilning yanvar-iyunida iqtisodiyotning “Qurilish”, “Qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi” kabi tarmoqlari YaHMning mos ravishda -0,6 f.p. (2019- yilning yanvar-iyunida– 3,9 f.p.) va -0,4 f.p. (2019-:yilning yanvar-iyunida– 0,9 f.p.) ga o'sishiga hissa qo'shdi. Mahsulotlarga sof soliqlarning oshishi hisobiga YaHMning- 0,5 f.p. ga ta'minlandi (2019- yilning yanvar-iyunida– 0,5 f.p.).

2020- yil yanvar- iyunda YaHM deflyatori indeksi 2019- yil yanvar-iyunidagi narxlarga nisbatan 108,3 foizni tashkil etdi. YaHM deflyatori indeksining eng yuqori ko’rsatkichlari qurilishda– 117,3 % va qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligida–113,7 % qayd etildi.

 

 Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash