Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar, tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari va notijorat tashkilotlar diqqatiga!!! 1-K shakli (oylik) tashkilot faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni hisobot davridan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmay taqdim etishni unutmang!!!

 

Sirdaryo viloyati doimiy aholisi soni 2020-yil 1-iyul holatiga ko’ra 853,2 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 6,9 ming kishiga yoki 0,8 % ga o’sgan. Jumladan, shahar aholisi soni 364,3 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 42,7 %), qishloq aholisi soni 488,9 ming kishini    (57,3 %) tashkil etdi.

E’tibor bering:

2020-yil yanvar-iyun

Aholi soni 6,9 ming kishiga ko’paydi.

Tirik tug’ilganlar soni 9,5 ming nafarni tashkil etdi.

1,8 mingta vafot etganlar qayd etildi.

FHDYO bo’limlarida 2,2 mingta nikoh va 0,5 mingta ajralishlar  ro’yxatga olindi.

Viloyat hududlari kesimida tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, 2020-yil 1-iyul holatiga ko’ra eng ko’p aholi soni Boyovut tumanida 130,4 ming kishini (viloyat

aholisi sonidagi ulushi 15,3 % ni) va Sirdaryo tumanida 129,1 ming kishini (15,1 %), aksincha eng kam aholi soni Shirin shahrida 18,8 ming kishi (2,2 %) va Yangiyer shahrida 43,7 ming kishini (5,1 %)  tashkil etdi.

Hududlar kesimida aholining eng yuqori o’sish sur’ati 2019-yilning mos davriga nisbatan Mirzaobod tumanida 2,6 % ni, Guliston  tumanida 2,4 % ni, aksincha eng kam o’sish sur’ati  Shirin shahrida 1,1 % ni tashkil etdi.

 

 Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash