Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar, tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari va notijorat tashkilotlar diqqatiga!!! 1-K shakli (oylik) tashkilot faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni hisobot davridan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmay taqdim etishni unutmang!!!

 2020-yilning 29- iyun kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi  tuman va shahar statistika bo‘limlari xodimlari bilan birgalikda tizim хodimlarining statistika sohasi bo‘yicha nazariy bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirish, kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha navbatdagi onlayn o‘quv-seminari o‘tkazildi.

 Bu galgi vebinar  statistik-axborot tahliliy ishlar bo'limi boshligi U.Elmuratov tomonidan bo'lib o'tib Milliy hisoblar tizimi (MHT)ning asosiy atamalari va ko'rsatkichlari, 1993-2008- yillarda kuzatilgan o'zgarishlar tahlili, Yalpi ichki mahsulotning hisoblashga bag'ishlandi.

 Vebinarda tizimda olib borilayotgan islohotlar ahamiyati va istiqbollari haqida ma’lumot berildi.

 Vebinar davomida shu yil 1- iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlariga qaratilgan yigʻilishda davlatimiz rahbari tomonidan statistika tizimini takomillashtirish yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha ham so‘z yuritildi.

 Vebinarda mavzu yuzasidan fikr almashinib, berilgan savollarga batafsil javob berildi.

 Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash