Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar, tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari va notijorat tashkilotlar diqqatiga!!! 1-K shakli (oylik) tashkilot faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni hisobot davridan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmay taqdim etishni unutmang!!!

 Respublikamizda koronovirus infeksiyasini yangi holatlari ko'p uchrashi kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan joriy yilning 28-iyun kuni barcha tizim xodimlaridan virusga test olindi.

 Viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi maxsus xodimlari tomonidan dastlab boshqarmaning keyin tuman va shahar xodimlaridan tartibli ravishda koronavirusga test olindi.

 Eslatib o'tamiz, boshqarmada karantin qoidalariga to'liq amal qilingan holda ishni to'g'ri tashkil etish qat'iy nazoratda.

 Barcha xodimlar ish joylarini tozaligini saqlash, tibbiy niqoblarni o'z vaqtida almashtirish, qo'llarni tez-tez dezinfeksiya vositalari bilan tozalash ishlariga amal qilishmoqda.

 Ishchi xodimlar o'z ish faoliyatlarini olib boradigan xonalar to'liq dezifeksiya qilindi.

Shu bilan birgalikda boshqarma hududiga kirib chiqishda maxsus tana haroratini o'lchovchi asbob- pirometr bilan har bir xodim tekshirilib kiritilmoqda.

 

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash