Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

Davlat statistika qo‘mitasi tasdiqlagan ro‘yxat bo‘yicha yuridik shaxslar va ularning alohida bo’linmalari diqqatiga!!! Xodimlarning lavozimlari va kasblari bo'yicha ish haqi to'g'risida 2020 yil aprel oyi hisoboti 1-IH shakli (yilda bir marta) davlat statistika hisobotini 2020- yilning 29-maydan kechiktirmay taqdim etishni unutmang!!!

 Davlat statistika qo‘mitasi Xalqaro bolalar tashkiloti – YUNISEF bilan birgalikda tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)da  ishtirok etadigan nomzodlar tanlab olinayapti.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi “2020–2021-yillarda O’zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o’tkazish to’g’risida”gi 625-son qarori hamda Davlat statistika qo'mitasining 2019-yil 29-iyundagi 83-sonli buyrug'i ijrosini ta’minlash maqsadida Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi tomonidan ham turli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 21-may kuni Respublika ishchi guruhi tomonidan belgilangan grafikka muvofiq, masofaviy tarzda videoaloqa orqali, Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari test sinovlari va suhbatdan o'tkazildi.

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati.

Tugmani bosing Tinglash