Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar, tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari va notijorat tashkilotlar diqqatiga!!! 1-K shakli (oylik) tashkilot faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni hisobot davridan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmay taqdim etishni unutmang!!!

Joriy yilning 12 fevral kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i B.Batirov o‘zi o‘qigan Xovos tumanidagi 7-son umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, maktab rahbariyati va yuqori sinf bitiruvchi o‘quvchi yoshlar bilan ushrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda maktabning bitiruvchi yoshlarini bir joyga to‘plab B.Batirov avvalo o‘zini tanishtirib, bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan ulkan islohotlar, Prezidentimiz tomonlaridan yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlar va yuksak ishonchlari, beshta muhim tashabbusning mazmun mohiyati to‘g‘risida hamda o‘zlari shu kungacha bosib o‘tgan yo‘llari, erishgan yutuqlari, maktab davridagi unutilmas voqealar borasida o‘quvchi yoshlarga batafsil so‘zlab berdi.

Uchrashuvda o‘quvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan qatnashib davra suhbati yanada maroqli davom etdi.

Shuningdek Yurtboshimiz tomonlaridan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning 3 yo‘nalishi bo‘yicha Boshqarma boshlig‘i B.Batirovning tashabbusi bilan 7-maktab o‘quvchi yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan ya’ni kompyuter savodxonligi yuzasidan musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktabning 11-b sinf o‘quvchisi Tuyunov Firdavsga Boshqarma boshlig‘i B.Batirov boshqarmaning faxriy yorlig‘i hamda shaxsan bugungi kunda o‘zi ish jarayonida foydalanayotgan kompyuter jamlanmasini sovg‘a tariqasida taqdim etdi.

Uchrashuv yakunida maktab o‘quvchi yoshlarining bilim saviyasini Boshqarma boshlig‘i B.Batirov yuqori baholab, yoshlarga kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilab, Yurtimizning eng namunali oliygohlariga kirib o‘zlarining hayot yo‘llarini topishida muvofaqqiyatlar tiladi.       

Shundan so‘ng maktab ma’muriyati bilan Boshqarma boshlig‘i B.Batirov maktab xonalarini aylanar ekan, yoshlarning maktab sport zalida sportning voleybol turi bilan shug‘ullanayotganligini guvohi bo‘ldi va kelgusida sport jihozlari xaridiga homiylik qilishiga va’da berdi hamda maktab binosining ichki va tashqi holatlari bilan tanishib, muammoli ishlar yuzasidan bundan buyon hamisha birga ham fikr bo‘lishi va doimiy ravishda amaliy yordam ko‘rsatilishi yuzasidan tayyorligi bildirib o‘tdi.  

Sirdaryo viloyat statistika boshqarmasi

axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash