Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar, tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari va notijorat tashkilotlar diqqatiga!!! 1-K shakli (oylik) tashkilot faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni hisobot davridan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmay taqdim etishni unutmang!!!

Joriy yilning 11 fevral kuni Viloyat statistika boshqarmasining 2019 yil yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda statistika sohasiga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari va topshiriqlarida belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan viloyat statistika organlarida 2019 yilda amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.

  

Kengash yig‘ilishi kun tartibiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 iyuldagi PQ-3165-son Qarori bilan tizim oldiga belgilab berilgan vazifalar hamda “2019 yilda statistika ishlarini ishlab chiqarish Dasturi”ning ijrosi va amalga oshirilgan ishlar natijalari ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi "O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-5729-son Farmon hamda 2019 yil 5 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5655-sonli Farmonlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Sirdaryo viloyat statistika boshqarmasi

axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash