Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

Joriy yilning 5 noyabr kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan Akademik litsey faollari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining   2019 yil 5 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yhatga olishni o‘tkazish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5655-son Farmoni ijrosi bo‘yicha seminar tashkil etildi.

 

Seminar davomida Guliston shahar statistika bo‘limi bosh mutaxassisi F.Julbekov ma’ruza qilib, ushbu Farmonning mazmun moxiyati va uning istiqbollari haqida shuningdek, mazkur Farmon bilan tasdiqlangan hududiy komissiya a’zolarining vazifalari, tuman va shahar hokimliklari, tuman yer resurslari va kadastr bo‘limlari hamda o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tadbirlarda ularning ishtiroki nimalardan iborat ekanligi to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berib o‘tildi. 

 

 

Мобильное меню

Tugmani bosing Tinglash