Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi”
PF-5655-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 9 iyul kuni Sirdaryo viloyat xalq ta’lim boshqarmasida barcha tuman va shahar xalq ta’lim bo‘limi rahbarlari ishtirokida Davlat statistika qo‘mitasi “O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish tartibi va uni o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari I.Maxmudov ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Ushbu davra suhbatida aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish tartib tamoyillari, aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish ishlari hamda 2019 yil 7 fevraldagi 27-sonli Sirdaryo viloyat hokimining qaroridan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha viloyat kommisiyasi tarkibi ularning vazifalari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

 Davra suhbatida xalq ta’lim xodimlari tomonidan berilgan bir qancha savollarga I.Maxmudov tomonidan to‘liq javob berildi.

Shuningdek davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi PF-5655-son Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish kontseptsiyasi” bo‘yicha hamda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish ishlari bo‘yicha tushunchalar berildi. 

 

 

Мобильное меню

Tugmani bosing Tinglash