Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

1. QACHON O‘TKAZILADI?

2.  KIM TOMONIDAN O‘TKAZILADI?

3. QONUNIY
ASOS NIMA?

4. QAYERDA O‘TKAZILADI?

 

 

2019 yilning
6-20 may

kunlarida

  

 

 

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017 yil 31 iyuldagi
PQ-3165-son qarori;

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 fevraldagi 81-son qarori; Davlat statistika qo‘mitasining 2019 yil 4 yanvardagi
1-son buyrug‘i

 

Sirdaryo viloyati Guliston tumanidagi X.Olimjon,Yulduz,Furqat mahallalar fuqarolar yig‘inlaridagi barcha dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida

 

5. NIMA UCHUN KERAK?

6. NIMALAR SO‘RALADI?

7. SO‘ROV O‘TKAZUVChI (INTERVYUYER) KIM?

 

Qishloq joylarda istiqomat qilayotgan aholining turmush tarzini haqqoniy aks ettirish uchun zarur bo‘lgan muhim iqtisodiy, ijtimoiy demografik axborotlarni yig‘ish, umumlashtirish
va statistik tahlil qilish

 

 

1. xo‘jalikda  istiqomat qiluvchi shaxslarning umumiy soni;

2. qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yetishtirilganligi;

3. qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish maqsadlari;

4. mehnat resurslari;

5. yer resurslari va ulardan foydalanish;

6. qishloq xo‘jaligi ekinlari,
issiqxonalar va ko‘p yillik daraxtlar maydonlari;

7. qishloq xo‘jaligi hayvonlari va parrandalari bosh soni;

8. qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish;

9. infrastruktura, texnika vositalari;

10. xo‘jalikka ko‘rsatiladigan xizmatlar

 

Kuzatuv jarayonida dehqon (shaxsiy yordamchi)  xo‘jaliklari boshlig‘i yoki a’zolari bilan savol-javob o‘tkazadigan statistika organi  xodimi.

Uni tanish juda oson, u oq kepka, futbolka kiygan va bo‘yniga sur’ati tushirilgan maxsus guvohnoma osgan, qo‘lida maxsus papka bo‘ladi. Zarur hollarda undan fuqarolik pasportini ko‘rsatishni talab
qilishingiz mumkin

 

8. HUJJAT
KO‘RSATIS
H ZARURMI?

9. KUZATUV QANCHA VAQTNI OLADI?

 

10. QATNASHISH
ALBATTA S
HARTMI?

 

Kuzatuvchilarga Siz hech qanday hujjat ko‘rsatishga majbur emassiz

 

 

So‘raladigan ko‘rsatkichlarning Sizning xo‘jaligingizda mavjudligiga qarab taxminan 15 – 40 daqiqa vaqtingizni oladi

Kuzatuvlar xo‘jaliklarning unda ixtiyoriy qatnashishi asosida amalga oshiriladi, lekin Sizlardan olinadigan ma’lumotlar aholining
turmush tarzini haqqoniy baholash uchun juda zarur

Kuzatuv jarayonida tomorqa yer egalaridan olingan axborotlarning maxfiyligi kafolatlanadi.

Hurmatli mahalla fuqarolar yig‘inlari rahbarlari, faollari, hurmatli tomorqa er egalari, Sizlarni mazkur tadbirda faol ishtirok etishga chaqiramiz !

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun bog‘lanish telefonlari:  (71) 230-86-25; (67) 225-27-02

 

Мобильное меню

Tugmani bosing Tinglash