Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida 19 mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikni targ‘ib qilish masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda davlat rahbari aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish masalasiga to‘xtalar ekan, “Har bir rahbar o‘zining shaxsiy kutubxonasidan o‘zi ta’lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilsa, bu yaxshi tashabbus bo‘lib kitobxonlikni rivojlantirish bilan farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”, deb ta’kidladi.

Haqiqatdan ham, o‘sib-unib kelayotgan yigit-qizlar jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, ma’lum bir yutuqlarga erishgan kishilarga havas qiladi, ularga o‘xshashga intiladi, ortidan ergashadi. Ular tomonidan sovg‘a qilingan kitoblar albatta o‘qiladi, asrab-avaylanadi, qadrli sovg‘a sanaladi. 

Yurtboshimizning topshiriqlaridan kelib chiqib, Guliston shaxrida 2019 yil 27 mart kuni “O‘ZIM O‘QIGAN MAKTABIMGA MYeNING KITOB TUHFAM” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni viloyat hokimi G‘.Mirzaev kirish so‘zi bilan ushbu tadbirni ochib berdi.

Shuningdek Insonning ma’naviy ulg‘ayishida kitob muhim ahamiyat kasb etadi. Farzandlarimiz qalbida kitobga nisbatan mehr-muhabbatni yanada kuchaytirish, ularda mutolaaga bo‘lgan ishtiyoqni oshirishimiz lozimligi bunday tadbirlar har yili o‘tkazilishini viloyat tashkilot rahbarlariga va tadbir qatnashchilariga ta’kidlab o‘tdilar.  

 Ushbu  tadbirdan kelib chiqib, Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Yernazarov Baxtiyor Guliston tumaniga qarashli 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabda bo‘lib, maktab kutubxonasiga o‘z shaxsiy kutubxonasidan kitoblar sovg‘a qildi.

 

 

Мобильное меню

Tugmani bosing Tinglash