Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

Sirdaryo viloyat statistikasi boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 iyuldagi PQ-3165-sonli “O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori ijrosi yuzasidan hamda O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining 2017 yil 28 dekabrdagi 6-sonli qaroriga muvofiq tovar va xizmatlarning iste’mol narxlari (ta’riflari) kuzatuvini tashkil etish va INI hisoblash bo’yicha uslubiy Nizomga asosan tuman shahar statistika bo’limlari boshliqlari hamda Narx statistikasi bo’yicha mas’ul xodimlarining malakasi va shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida o’quv-seminar yig’ilishi bo’lib o’tdi.

O’quv-seminar yig’ilishida boshqarmaning “narx statistikasi bo`limi” boshlig`i O’.Umurzakov so`zga chiqib, Iste’mol narxlari indeksi inflyasiya ko’rsatkichining muhim omillaridan biri bo’lib ayniqsa narx va narx indekslari ma’lumotlarining ishonchligi va ob’yektivligiga birinchi o’rinda mamlakat aholisining iste’mol sektoridagi inflyasion jarayondagi statistik narx kuzatuvi ko’rsatkichlariga e’tiborning oshishi muhim ahamiyatga ega bo’layotganligini ta’kidlab, Davlat statistika qo’mitasining 2017 yil 28 dekabrdagi 6-sonli qaroriga muvofiq tovar va xizmatlarning iste’mol narxlari ta’riflari kuzatuvini tashkil etish va INI hisoblash bo’yicha uslubiy nizom asosida ish olib borish yuzasidan tushuntirish berib o’tdi. Shuningdek, narx statistikasi bo’yicha qilingan yangi o’zgartiriishlar to’g’risida seminar ishtirokchilariga yetkazildi. Jumladan, 2018 yilda narx statistikasi bo’yicha qilingan ishlar hamda 2019 yilda qilinishi kerak bo’lgan vazifalar belgilab olindi.

Ushbu o’quv-amaliy seminarda Narx statistikasi bo’yicha hisobot va kuzatuvlarda yo’l qo’yib kelinayotgan xato va kamchiliklar muhokama qilindi. O’quv-seminarda barcha mas’ullarga iste’mol narxlari kuzatuvi hamda monitoring kuzatuvlari bo’yicha aniq ko’rsatma va tavsiyalar berildi.

 

 

Tugmani bosing Tinglash