Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

Diqqat !!! Hisobotlarni topshirish uchun stat.uz saytidan eStat 3.0 dasturini yuklab oling !!!

 

Sirdaryo viloyat statistikasi boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 iyuldagi PQ-3165-sonli “O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi faoliyatni takomilashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori ijrosi yuzasidan 1-FX shakli (yilda 2 marta va yillik) 1-DX shakli (yilda 2 marta 1 iyul va 1 yanvar xolatiga) davlat statistika hisobotlari, qamrovi, sifatli qabul qilinishi, fermer xo`jaliklari o`rtasida joylarga chiqib tushuntirishlar olib borish yuzasidan. xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish bo’yicha seminar yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Seminar yig’ilishida boshqarmaning “Qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi bo`limi” boshlig`i A.Qurbanov so`zga chiqib, 2018 yil uchun qabul qilinadigan 1-FX shakli (yilda 2 marta va yillik),1-DX shakli (yilda 2 marta 1 iyul va 1 yanvar holatiga) mahalla fuqarolar yig`inlari tomonidan taqdim etiladigan davlat statistika hisobotini yig’ish, jamlash, umumlashtirish va tahlil qilish, hisobotlar qamrovini to’liq ta’minlash ishlarini tashkil etish bo’yicha statistika xodimlariga tushuntirishlar berib o`tdi.

Мобильное меню

Tugmani bosing Tinglash