Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig’ining birinchi o‘rinbosаri

 Funksional vazifalari

-Boshqarma boshlig‘i yo‘qligida boshqarma faoliyatiga vaqtincha rahbarlik qiladi;

-boshqarmaning barcha tarmoq bo‘limlari hamda shahar, tuman statistika bo‘limlari tomonidan dasturlar bo‘yicha bajariladigan statistika ishlari hajmlariga rioya etilishi ustidan  nazorat olib boradi;

-viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Davlat dasturining bajarilishi ustidan Davlat statistika kuzatuvlarini tashkil etadi;

-viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli to‘g‘risida statistika ma’lumotlarini tayyorlash, ularni chop etish va belgilangan Davlat organlariga yuborilishini nazorat qilish;

-boshqarmada tashkil etilgan Komissiya ishini har chorakda bir marta ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi va ushbu komissiya yig‘ilishida Davlat statistika ishlari Dasturining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi, hisobot ko‘rsatkichlarining tezkorligi, haqqoniyligi va xolisligini ta’minlash masalalarining, shuninigdek Davlat statistika organlari faoliyatiga doir boshqa masalalarni ko‘rib chiqish uchun  tayyorlaydi;

-Davlat statistik hisobotlarini elektron ko‘rinishda internet orqali yuborilishini nazoratini yuritish;

-boshqarmaning barcha tarmoq va hududiy shahar, tuman statistika bo‘limlari  xalq  xo‘jaligidan qo‘shimcha mablag‘ topishni (konsalting xizmatlari) nazoratini yuritadi;

-boshqarma va shahar-tuman statistika bo‘limlari tomonidan Davlat statistika hisobotlarini muddatidan kechiktirib yoki xatoliklar bilan topshirgan korxona va tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan O‘z.Res. MJKning 215-moddasining tegishli qismlari bilan qo‘llanilgan ma’muriy jarima summalarini o‘z vaqtida undirishini ham o‘z vaqtida to‘lanmagan ma’muriy jarimalarni majburiy ijro etishlik uchun belgilangan tartibda  xo‘jalik sud ijrochilariga taqdim etishlarini doimiy nazoratini yuritadi;

Boshqarmaning: Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma-axborot tahliliy ishlar bo‘limi, Sanoat statistikasi bo‘limi, Investitsiya va qurilish statistikasi bo‘limi, Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo'limi, Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘limi, Narx statistikasi  bo‘limi, Statistik registrlarni yuritish bo'limlari hamda tuman va shahar statistika bo‘limlari faoliyatini doimiy nazoratini yuritadi;

-o‘ziga yuklangan  vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari doirasida boshqa zarur choralarini ko‘radi.

Boshliqning birinchi o‘rinbosari S.Yaxyayev , qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi bo‘limi xodimlari bilan birgalikda, viloyatda qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchining manfaatlarini ishonchli ta’minlanishiga qaratilgan iqtisodiy shart-sharoitlarni statistikasini haqqoniyligini ta’minlash, viloyatda tayyorlanayotgan pilla, don va paxta hosili to‘g‘risidagi oylik (mavsumiy) davlat statistika hisobotlarini o‘z vaqtida tayyorlanishini nazoratini olib borish va yuqori turuvchi hamda Davlat organlariga yetkazilishida, hamda Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma-axborot ishlari bo‘lim tomonidan tayyorlanayotgan barcha statistik ma’lumotlar to‘plamlarini  tayyorlash va chop etishni, Dasturiy texnik ta’minot va ma’lumotlarni  saqlash  markazi bilan davlat statistik hisobotlarini elektron,  va internet orqali yuborilishini o‘z vaqtida ta’minlanishini nazorat qilishda bo‘lim boshliqlari bilan birgalikda teng javobgarlik yuklatiladi.